O‘zbekiston MOQ mamlakat pandemiyadan keyingi davrda cheklovlar va uzilishlar tufayli yoshlar Osiyo o‘yinlarini bir yilga surishni so‘raganini ma’lum qildi. Osiyo olimpiya kengashi bunga rozi bo‘lmagan va o‘yinlarni o‘tkazish huquqini Bahraynga bergan.
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasini ekspluatatsiya qilish uchun boshqaruv kompaniyasini jalb qilish ko‘zda tutilgan. U sport majmualarini saqlash, ommaviy tadbirlarni tashkil etish, ijara xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar bilan shug‘ullanadi.
Prezident 2025-yilda yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasi qurilishini yana borib ko‘rdi. O‘yinlardan so‘ng majmua milliy sport turlari va aholi salomatligini muhofaza qilish markazi sifatida xizmat qiladi.
Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘ladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qattiq tayyorgarlik ko‘rishni tayinladi. “Bu yilgi yutuqlarni Tokiodagi kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qo‘lga kiritamiz, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Natija tarixda eng yaxshisi bo‘lishi uchun hozirdan chora ko‘rish kerak”, dedi u.
Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasini borib ko‘rdi. 100 gektarli hududda 10 ming o‘rinli stadion, velodrom, suv sporti saroyi va jamoaviy o‘yinlar majmualari quriladi. Shaharcha ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘lishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasiga tamal toshini qo‘ydi. U 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda. Loyihaning qiymati 289 million dollardan oshadi. Musobaqadan so‘ng majmuada Sport vazirligi, federatsiyalar va O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyat ko‘rsatadi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi, Yangi O‘zbekiston universiteti va tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdi. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev universitet haqida gapirar ekan, u «nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham namunali ta’lim muassasasiga» aylanishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab 610 gektar maydonda quriladigan binolar loyihalari bilan tanishdi. Uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar to‘rt qavatli va to‘rt xil dizaynga ega bo‘ladi. Shuningdek, piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi. Bundan tashqari, prezident Olimpiya shaharchasi loyihasini tasdiqladi.
Ukrainaning urush ketayotgan hududlaridan evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar, plastik kartalardan pul o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi, avtomobil oldi-sotdisini notarial rasmiylashtirganlik uchun davlat boji kamaytirilishi, Olimpiya shaharchasi loyihasi, yashin urgan 3 nafar qashqadaryolik va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Poytaxtning Yashnobod tumanidagi 100 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi quriladi. Uning markazida olimpiya stadioni, yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Musobaqalar bo‘lmagan vaqtda esa shaharchada Oliy sport mahorati instituti, sport federatsiyalari faoliyat olib boradi. Yangi O‘zbekiston ko‘chasida daraxtlar ekilib, sayilgoh tashkil etiladi (foto).
Yangi aerodrom yaqinida faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat dendropark (155 gektar), shuningdek, uning yonida Olimpiya shaharchasi (160 gektar) qurilishi rejalashtirilmoqda. Chirchiq daryosining qirg‘oqlarida ham park (270 gektar) bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting